«bog‘cha bolalari» tegli maqolalar


Buxorodagi bog‘chada erkak o‘g‘li bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urdi
28 iyun 2024, 23:18

Buxorodagi bog‘chada erkak o‘g‘li bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urdi

Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaro bog‘chada farzandi bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga olib borildi, erkakka nisbatan tekshiruv boshlandi.

Qoraqalpog‘istonda bog‘cha tarbiyalanuvchilari YTHga uchradi, jarohatlanganlar bor
19 iyun 2024, 16:08

Qoraqalpog‘istonda bog‘cha tarbiyalanuvchilari YTHga uchradi, jarohatlanganlar bor

Beruniy tumanida o‘nga yaqin bog‘cha bolasini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigini urgan bolani kaltakladi
22 may 2024, 19:17

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigini urgan bolani kaltakladi

Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigi bilan janjallashgan bolaning yuziga urdi. Bolaning otasi IIBga ariza berdi, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xorazmda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga tarsaki tushirgani hamda bola qo‘liga igna kirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi
6 may 2024, 17:17

Xorazmda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga tarsaki tushirgani hamda bola qo‘liga igna kirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Gurlan tumanida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga bir necha bor tarsaki tushirgani aks etgan video va bolalardan birining qo‘liga igna kirgani surati tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Namangandagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olinadigan bo‘ldi
17 noyabr 2023, 12:55

Namangandagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olinadigan bo‘ldi

Chustdagi davlat bog‘chasida tarbiyachi qizchani kiyim almashtirish chog‘ida urgani aks etgan video tarqaldi. Holatni o‘rgangan MMTB voqea 2022-yilda bo‘lgani, o‘sha yili xodim boshqa lavozimga tushirilganini bildirdi. Hozirda tarbiyachini ishdan olish masalasi ko‘rilmoqda. Bog‘cha ta’mir ishlari uchun yopilgan.

Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod etiladi
24 avgust 2023, 11:37

Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod etiladi

O‘zbekistonda vatan himoyasi va tinchligi yo‘lida yaralangan yoki halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod qilinadi. Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari ham shunday imtiyozga ega bo‘ladi.

Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi
4 avgust 2023, 09:18

Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi

Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy bog‘chasida 15 nafar bola tug‘ilgan kun uchun olib kelingan tortdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xabar berishicha, hozirda bolalarning hammasi sog‘lom va ular yana bog‘chaga qaytarilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting